I Qadimgi odam va mehnat qurollari

Qadimgi odamlarning qazilma qoldiqlari dastlab 1948, 1964 yillarda Ispaniyaning Gibraltar bo‘g‘ozi rayonidan, so‘ngra 1970 yilda Germaniyaning Neandertal vodiysidan topilgan. Joyning nomidan kelib chiqib, bu odamni neandertal deb atash odat bo‘lgan. Ular toshlardan mehnat qurollari yasaganlar. Neandertal qiyofadagi odamlarning qazilma qoldiqlari Afrikadan, O‘rta dengizining sharqiy qirg‘oqlaridan, O‘rta Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari territoriyasidan, Qora dengiz bo‘ylaridan, Sharqiy Yevropadan va Osiyo yerlaridan ko‘plab topilgan.

II Qadimgi qabilalar

Eramizdan avvalgi VIII-II asrlarda Sirdaryo daryosining ortida yashagan qabilalar Saklar deb atalgan. Ular jangovar ko‘chmanchi oriylar bo‘lgan. Ayollar ham erkaklar bilan bir qatorda janglarda ishtirok etishgan. Ular yovni aldash uchun yolg‘ondan qochishga, xuddi erkaklardek ot ustida chopib keta turib orqalariga o‘girilib kamondan o‘q otishga mohir bo‘lishgan. Gerodotning yozishicha, Saklar askarlarining boshlarida qalin ligizdan tikilgan, cho‘qqi qalpoklari bo‘lgan. Tarixiy manbalarda sak qabilasining jasur cho‘poni Shiroq haqidagi rivoyatlar keltirilgan.

Massagetlar Kaspiy dengizining sharqiy sohili, Orol dengizi atroflari, Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida er.av. VIII-IV a. larda yashagan ko‘chmanchi qabila. Ular piyoda va otda jang qilgan, otlarning ko‘kragiga sovut kiydirgan. Kamon, nayza va sagariy (oy-bolta) kabi jang qurollari ishlatgan. Massagetlarning barcha jihoz va qurol-aslahalari mis va oltindan yasalgan. Ro‘zg‘or buyumlarini esa bo‘yoq bilan bo‘yaganlar. Massagetlar malikasi To‘maris bilan bo‘lgan jangda Ahomaniylar davlatining asoschisi Kir halok bo‘lgan. Strabonning ma’lumotiga ko‘ra, qabila Quyoshga topingan va unga atab otlarni qurbonlik qilgan.

III Ahomaniylar hukmdorligi

Axomaniylar – Axomaniylar davlatini boshqargan qadimgi fors podshohlari sulolasi (mil. av. 558-330 yy.). Sulolaning asoschisi Axoman (qad. forschada Axxomanish) er. av. VII asrning boshida Elam chegaralariga, ya’ni, Parsua (yun. Persida) viloyatiga ko’chib kelgan fors qabilalarining yo’lboshchisi bo’lgan. Axoman o’g’li Teisp (Chishpish) va uning bevosita avlodlari: Kir I, Kambis I, Kir II Anshan shohlari hisoblangan.

Sulola hukmdorlari: Kir II (550-530), Kambis II (530-522), Doro I (522-486), Kserks I (486-465), Artakserks I (465-424), Kserks II (424), Sug’diyon (424-423), Doro II (423-404), Artakserks II (404-358), Artakserks III (358-338), Arses (338-336), Doro III (336-330).

Doro I davrida davlat 20 ta satrapiyaga bo‘linib, doriq (8,4 g oltin) va sikl pul birliklari joriy qilingan. Mil. av. 330 yili Aleksandr Makdedonskiy tomonidan bosib olingan.

IV Qadimgi Xorazm davlati

Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko'ra, Xorazm tuprog'ida er. av. VIII-VII asrlarga oid paxsa yoki xom g'isht turar joylar aniqlanmagan (turar joylar yarim yerto'laridan iborat). Qadimgi Xorazm davlati mil. avv. VI asrda Amudaryoning o'rta oqimi qismidan Orolga yaqin bo'lgan yerlarda vujudga kelgan. Xorazmning yirik sug'orish inshootlari mil. avv. VI-V asrlarga oiddir. O'lkada bu davrlarga oid ko'pgina shahar va qishloqlar xarobalari ochib o'rganilgan. Aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullangan. Shaharlarda hunarmandchilik rivojlangan.

V Qadimgi Sug'diyona

Qadimgi So'g'diyona, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida joylashgan bo'lib, janubi-sharqda Baqtriya, shimoli-g'arbda Xorazm bilan chegaradosh bo'lgan. So'g'diyonada Afrosiyob, Yerqo'rg'on, Uzunqir kabi yirik shahar markazlari hamda qo'shni viloyatlar va davlatlar bilan o'zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlanadi. So'g'diyona qadimgi Baqtriya davlatining muayyan qismi bo'lgan. Er.av. IX-VIII asrlarda Janubiy So'g'diyonada (Qashqadaryo vohasi) charxda ishlangan idishlarning paydo bo'lishi, qurilishida g'isht bilan naxsaning ishlatilishi Baqtriyaning madaniy ta'sirini tasdiqlaydi.

VI Kushon davlati

O'zbek davlatchiligi tizimidagi qad. davlat (er. I-III asrlar). Er. I asrining 1-yarmi yoki o'rtalarida massagetlar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan. Massagetlar er.av. 140 yili Sirdaryo ortidan Baqtriyaga kelib, saklarni yengib, Yunon-Baqtriya podsholigi o'rnida 5 qabila bo'linib yashagan. Ular orasida kushon qabilasi jabg'usi Kujula Kadfiz (Kadfiz I) er. I asrida qolgan 4 qabilani bo'ysundirib, o'zini hukmdor deb e'lon qilgan.

Kanishka davrida Kushon podsholigi eng ravnaq topgan. "Buyuk ipak yo'li" bo'ylab xalqaro savdo rivojlangan. Aholi, asosan, buddizmga e’tiqod qilgan, shuningdek, zardushtiylik, otashparastlik, hinduizm ham tarqalgan. Er. III asrining o'rtalarida Kushon podsholigi barham topgan.